"Manchester Siti" Jo Xart bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

Narzulla Saydullayev
8 sen 2016, 19:10
The Sun nashrining xabar qilishicha, "Manchester Siti" Jo Xart bilan shartnomani bekor qilish uchun shartnomada ko'rsatilgan 9 million funt tovon pulini to'lashga tayyor.


Eslatib o'tamiz, "shaharliklar"ning yangi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaga kelishi bilan unga asosiy tarkibda joy yo'q ekanligini aytib o'tdi. Shu sababli ham darvozabon "Torino"ga ijaraga ketishga majbur bo'ldi. Biroq, "Siti" rahbariyati ijara muddati tugaganidan so'ng ham uni qaytib olishni rejalashtirmayaptilar.

Shu sababli ham "shaharliklar" darvozabon bilan 2019 yilgacha tuzilgan shartnomani 9 million funt evaziga bekor qilishga tayyorlar.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: The Sun