"Manchester Siti" himoyachisi "Nottingem"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
16 avg 2025
"Manchester Siti" himoyachisi Riko Lyuis "Nottingem Forest"ga o'tishi mumkin.

"talkSPORT" ma'lumotiga ko'ra, agarda futbolchi jamoasini almashtirishga rozi bo'lsa, "Nottingem Forest" himoyachining maoshini ikki baravarga oshirishga rozi. 20 yoshli himoyachining o'zi ham bu transferga qarshi emas.

O'tgan mavsumda Lyuis "Siti" tarkibida barcha turnirlarda 44 o'yinda qatnashdi va 2 gol hamda 4 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: talkSPORT