"Manchester Siti" himoyachi sotib olganini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
19 yanv 2026
"Manchester Siti" "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexini o'z safiga qo'shib oldi.

"Shaharliklar" 25 yoshli futbolchi bilan 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladilar.

Jurnalist Ben Jeykobsning xabariga ko'ra, transfer summasi bonuslardan tashqari 20 million funtni tashkil qilgan. Qayd etish joizki, Gexining kelishi jamoa himoya chizig'ini yanada mustahkamlashi kutilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: mancity.com