"Manchester Siti" futbolchisi 80 000 funt jarima to'laydi

Aslanov Jasurbek
9 mar 2026, 21:23
Angliya Futbol assotsiatsiyasi (FA) "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodrini APLning 24-turi doirasidagi "Tottenxem"ga qarshi o'yindan (2:2) so'ng hakamlarni ochiqchasiga tanqid qilgani uchun jazoladi.

Rodri nima degan edi?

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi "Tottenxem" hujumchisi Dominik Solankening birinchi golini hisobga olgan bosh hakam Robert Jonsning qaroridan keskin norozi bo'lib, o'yindan keyin shunday degan edi:

"Bu toza fol edi. "Man Siti" juda ko'p g'alaba qozondi va odamlar bizning yutishimizni xohlashmayapti, ammo hakam neytral ishlashi kerak."

FA qarori va jarima miqdori:

Bu bayonotdan so'ng Futbol assotsiatsiyasi Rodriga hakamning xolisligini shubha ostiga qo'yuvchi va noxolislikka shama qiluvchi izohlari uchun "nomaqbul xulq-atvor" ayblovini qo'ydi.

Dushanba kuni FA Rodrini 80 000 funt sterling miqdorida jarimaga tortdi va unga rasmiy ogohlantirish berdi. Takidlanishicha, surishtiruv jarayonida "Manchester Siti" yarim himoyachisi o'z aybini to'liq tan olgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FA