

"Shaharliklar" rahbariyati Bergega yozda klubdan ketishi mumkin bo'lgan "qariya" Fernandinoga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Berge "Sheffild"ga "Genk"dan 2020 yilning yanvarida 24 million evro evaziga o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.



