"Manchester Siti" Evro-2020dan so'ng Sterlingga yangi shartnoma taklif qiladi

Alisher
15 iyun 2021, 15:12
"Manchester Siti" forvardi Rahim Sterling klub bilan shartnomasini uzaytiradi.

"Shaharliklar" rahbariyati 26 yoshli o'yinchiga Evro-2020dan so'ng yangi bitim taklif qiladi.

Oldinroq, Sterling ortiq Xosep Gvardiolaning rejalariga kirmasligi aytilgan edi, ammo bu ma'lumot tasdig'ini topmadi.

Sterlingning "Siti" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi o'tgan mavsum 49ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 12ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph