"Manchester Siti" yetakchisi "Real"ga o'tishga qarshi emas

Khoja
16 sen 2024, 10:42
"Manchester Siti" sardori Rodri qachonlardir "Real Madrid" safida o'ynashga qarshi bo'lmasligini ma'lum qildi.

“Hozirda Angliyadagi hamma narsadan mamnunman. Men dunyoning eng yaxshi klublaridan birida o'ynayapman. Hali uch yillik shartnomam bor, kelajagim borasida hozircha bir qaror qabul qilishga erta. "Real Madrid"? Ispaniya mening mamlakatim, Madrid esa mening ona shahrim, - deb javob bergan Rodri.

Ma'lumot uchun, "Manchester Siti" Rodrini 2019 yilda "Atletiko"dan 70 million evroga sotib olgan. Uning inglizlar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilda yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com