"Manchester Siti" yetakchilaridan biriga yangi shartnoma taklif qiladi

Khoja
21 noya 2025, 09:22
"Manchester Siti" yaqin orada vinger Fil Foden bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlashi kutilmoqda.

Daily Mail xabariga ko'ra, futbolchining o'zi ham faoliyatini "shaharlik"larda davom ettirishga qarshi emas.

Filning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Ma'lumot uchun, Foden "Manchester Siti" akademiyasi tarbiylanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda 25 yoshli forvard barcha turnirlar doirasida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Daily Mail