"Manchester Siti" De Bryuynening maoshini salkam ikki barobar oshirmoqchi

Tolibjon Qosimov
19 dek 2017, 12:53
"Manchester Siti" rahbariyati yarim himoyachi Kevin De Bryuyne bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.

"The Sun"ning tasdiqlashicha, Belgiya terma jamoasi o'yinchisi bilan 2024 yilgacha mo'ljallangan yangi kelishuvga erishilgan. Futbolchining yangi maoshi haftasiga 200 ming funt sterling bo'ladi.

De Bryuynening hozirgi shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan va unga ko'ra ayni paytda u haftasiga 115 ming funt maosh oladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Sun