"Manchester Siti" darvozaboni Chempionlar Ligasi finalida penalti tepishga tayyorlanmoqda

Alisher
29 may 2021, 12:48
"Manchester Siti" darvozaboni Ederson "Chelsi"ga qarshi CHL o'yini penaltilar seriyasiga qadar yetib borsa, undagi 11 metrdan zarba beruvchilardan biri bo'ladi.

Ederson Chempionlar Ligasi final o'yini oldidan so'nggi mashg'ulotda 11tadan 10ta penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 2021 yilning fevralida jamoada penaltilarni amalga oshirish borasida muammo borligini tan olgan edi. Ispaniyalik mutaxassis Ederson penaltichi bo'lishi mumkinligini aytgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TNT Sports