Manchester Siti Chempionlar ligasidan chetlatilmasligi mumkin

10 iyul 2020, 22:49
Gvardiola jamoasi Yevropaning eng nufuzli turniridan chetlatilmaydi.

Bu haqda VVS Radio Manchester sobiq jurnalisti Ian Chizmen xabar bermoqda. Uning aytishicha, Sport arbitraj sudi (CAS) klubning appelyaciyasini qanoatlantirgan.

Eslatib o'tamiz, UEFA fevral oyida “Manchester Siti”ni moliyaviy feyr pley qoidalarini buzganligi uchun 30 million evro jarimaga tortib, ikki yilga evrokuboklardan chetlatgan edi.

CAS 8-10 iyun kunlari “shaharliklar”ning appelyaciyasini ko'rib chiqqandi. Dushanba, 13 iyul kuni bu borada yakuniy qaror e'lon qilinishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Иан Чизмен Твиттери