

Manchesterliklar yarim himoyachisi Tijjani Reynders 42-daqiqada mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, ammo 90+4 daqiqada Enco Fernandes hisobni tenglashtirdi.
“Man Siti”ning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov 51-daqiqada jarohat olgan Yoshko Gvardiol o'rniga maydonga tushdi va bahs so'nggiga qadar bexato harakat qildi.
“Shaharliklar” APLda 20 turdan so'ng 42 ochko bilan jadvalda uchinchi o'rinda bormoqda. Yetakchi “Arsenal” bilan oradagi farq 6 ochkoni tashkil etadi. “Chelsi” esa 30 ochko bilan 6-o'rinda joylashgan.
4 yanv 2026, 22:30
Manchester City — Chelsea

1 – 1
Tugadi








