"Manchester Siti" "Bayer"dan Vircni sotib olishga tayyor

Sherzod Nurmatov
7 dek 2023
"Manchester Siti" va "Bavariya" Leverkuzenning "Bayer" klubi yarim himoyachisi Florian Vircni safiga qo'shib olmoqchi.

Myunxen klubi futbolchining transferi uchun asosiy davogar edi, ammo endi futbolchining transferi uchun kurashga "Manchester Siti" ham qo'shildi.

Virc joriy mavsum "Bayer" libosida 19 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 10 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/DeadlineDayLive