"Manchester Siti" "Barselona" tarbiyalanuvchisini qo'lga kiritmoqchi

Sherzod Nurmatov
16 sen 2022
"Shaharliklar" "Benfika"ning ispaniyalik himoyachisi Alexandro Grimaldoga qiziqish bildirishmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, Angliya klubi qishki transfer oynasida futbolchi sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Futbolchining "burgutlar" bilan shartnomasi bir yildan keyin tugaydi, shu bois u yanvarda 5-7 million evroga sotilishi mumkin. Ispaniyalik futbolchiga "Barselona" va "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda.

26 yoshli Grimaldo joriy mavsum "Benfika" safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato