"Manchester Siti" "Arsenal"dan mamnun emas

Mirjalol Normatov
17 dek 2019, 21:57
"Manchester Siti" rahbariyatiga "Arsenal"ning Mikel Arteta bilan muzokara o'tkazgani maqul kelmadi.

"Athletic" xabariga ko'ra, "kanonirlar" rahbariyati ispaniyalik mutaxassis bilan muzokaralar olib borayotganini "shaharliklar"ga rasman ma'lum qilmagan. Shu boisdan "Arsenal" Artetani ishga olgan taqdirda kompensaciya pulini to'lashi kerak bo'ladi.

"Siti" rahbariyati esa Pep Gvardiola iste'foga chiqarilganidan so'nggina Artetaning javobini bermoqchi.

Oldinroq "Arsenal" 21 dekabrga qadar yangi bosh murabbiy nomini e'lon qilishi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Athletic