"Manchester Siti" APLning oktyabrdagi eng yaxshi futbolchisiga yangi shartnoma taklif qiladi

Tolibjon Qosimov
29 noya 2017, 20:04
"Manchester Siti" yarim himoyachi Leroy Sanega yangi shartnoma taklif qilishga tayyor.

Bu haqda "The Sun" xabar berdi. Manbaning keltirishicha, Sane haftasiga 80 ming funt bilan jamoaning eng kam maosh oluvchi o'yinchisi hisoblanadi. "Shaharliklar" rahbariyati unga mavsum startidagi ajoyib o'yini uchun shu tariqa minnatdorchilik bildirmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Leroy Sane oktyabr oyida uchta o'yinda 3ta gol urib, 3ta golli pas bergan holda APLning oy o'yinchisi bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Sun