Manchester Siti Anchelottini taklif qilmoqchi

Narzulla Saydullayev
25 mar 2015, 10:00
Real bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Manchester Sitida Manuel Pellegrinining o'rnini egallashi mumkin.
Angliya klubi 55 yoshli italiyalik murabbiy bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi.

Manchester Siti Xosep Gvardiolaga ham qiziqqandi, biroq Bavariya o'z murabbiyini qo'yib yubormaydi.

Eslatib o'tamiz, 2014 yilda Anchelotti Real bilan to'rtta sovrinni qo'lga kiritgandi – Chempionlar ligasi, Ispaniya kubogi, Yevropa Superkubogi va Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru