Manchester jamoalari portugaliyalik xavbekka ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
26 dek 2023, 15:03
"Benfika" Joau Nevesh uchun 100 million talab qilmoqda.

Angliyaning "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" jamoalari "Benfika"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Joau Neveshni sotib olmoqchi, deya xabar berdi Ekrem Konur.

Xabar qilinishicha, "burgutlar" 19 yoshli Neveshning transfer narxini 100 million evro qilib belgilagan.

Joau Nevesh joriy mavsum "Benfika" safida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachi bu yil Portugaliya terma jamoasida debyut qildi va 3 ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/Ekremkonur