

2023 yilgi U-20 jahon chempionati Argentinada o'tkaziladi. Bu haqda jurnalist Gaston Edul ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Janubiy Amerika terma jamoasi mezbonligi shanba va yakshanba oralig'ida FIFA tomonidan tasdiqlanadi.
Shuningdek, kichik mundial 20 may sanasida boshlanishi hamda uchrashuvlar 5 ta stadionda o'tkazilishi qo'shimcha qilingan.
Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi mazkur turnirning saralash bosqichidan o'ta olmagan. Amaldagi mezbon Indoneziya esa musobaqani o'tkazish huquqidan mahrum qilindi.



