Manba: Ronald Arauxo "Barselona" bilan yangi shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
22 apr 2022, 00:41
Futbolchi klubda qoladi.

Taniqli insayder va jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, Ronald Arauxo "Barselona" bilan yangi shartnoma imzolagan. Kelishuv 2026 yilgacha amal qiladi. Arauxoning tovon puli avval xabar berilganidek 1 mlrd evro etib belgilangan. Tez orada klub rasman bu haqida ma'lum qiladi.

Ma'lumot uchun, "Barselona" Arauxo bilan 2018 yilda shartnoma imzolagan. Ushbu mavsumda futbolchi 37 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga erishdi.

Avvalroq, Ronald Arauxoga "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" kabi klublar qiziqish bildirishgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira