Manba: Messining haqiqiy maoshi yiliga 122 million evroni tashkil qiladi

13 yanv 2018, 08:05
Football Leaks nashrining tasdiqlashicha, “Barselona” hujumchisi Lionel Messining yillik maoshi rasman e'lon qilinganidan bir muncha ko'pdir.

Manbaning qayd etishicha, argentinalik o'yinchi yangi shartnoma bo'yich 4 yil ichida 400 million topishi belgilangan. Dunyoda hali biror bir futbolchi bunchalik ko'p maoshga ega bo'lmagani e'tiborga molik holatdir. 

Shuningdek, Messining yuqorida keltirilgan summaning deyarli yarmini soliq sifatida to'laydi. Ammo bonuslar bilan hisoblaganda Leo yiliga 122 million evroga yaqin miqdorda pul ishlab topadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Leaks