Manba: Joze Mourinyo iste'foga chiqariladi, agarda...

Mirjalol Normatov
21 mar 2018, 14:32
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning klubdagi kelajagi jamoasining Angliya kubogidagi ishtirokiga bog'liq.

"Express" nashri xabariga ko'ra, "qizil iblislar" rahbariyati ushbu turnirda jamoaning bosh sovrinni qo'lga kiritishini istamoqda. Agarda, MYU "Tottenxem" to'sig'idan o'ta olmasa, Joze Mourinyoga iste'fo beriladi.

"Manchester Yunayted" YCHL 1/8 finali doirasida "Sevilya"ga yutqazib qo'yganidan keyin portugaliyalikning iste'fosi haqidagi xabarlar ko'payib ketdi. Oldinroq Joze jamoadan ketmasligini aytgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express