Manba: "Dinamo" yetakchisi faoliyatini "Paxtakor"da davom ettirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
30 okt 2025, 15:40
Samarqand jamoasi tayanch yarim himoyachisi Ratino O'zbekiston Kubogining amaldagi sohibi safiga o'tish ehtimoli yuqori.

Bu haqda Championat.asia muxbiri Tolibjon Qosimov xabar berdi.

"Dinamo" yetakchilaridan biri Ratino yangi mavsumni "Paxtakor"da boshlashi mumkin", – deyiladi xabarda.

29 yoshli braziliyalik xavbek 28 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi hamda 3 ta golga assistentlik qildi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/qosimovt