Manba: "Barselona" Xavini ishdan bo'shatadi

Sherzod Nurmatov
24 may 2024, 16:48
Uning o'rniga nomzod bor.

"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandesni iste'foga chiqarmoqchi. Bu haqda "Marca" xabar bermoqda.

Funkcioner o'z qarorini yaqin kunlarda e'lon qilishi kutilmoqda. Ehtimol, dushanba kuni.

Etiborlisi, Xavining o'zi Kataloniya klubidan ketmoqchi bo'lganida tekin ketishi mumkin edi, ammo rahbariyat, jumladan, Laporta uni qolishga ko'ndirgandi. Endi "ko'k-anorranglilar" murabbiyning ishdan bo'shatilishi uchun tovon puli to'lashi kerak bo'ladi.

Oldinroq "Barselona" "Bavariya"ning sobiq ustozi bilan kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca