"Man Siti" yaqin kunlarda Xolandning transferi bo'yicha ishlarni faollashtiradi. Forvard hali kelajagi borasida qaror qabul qilmadi

Alisher
15 apr 2022, 17:16
"Manchester Siti" Erling Xoland bilan shartnoma imzolash uchun barcha ishni qiladi.

"Shaharliklar" yaqin kunlarda "Borussiya" (Dortmund) forvardining transferi bo'yicha ishlarni faollashtirmoqchi, bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

Norvegiyalikning o'zi hali faoliyatini qayerda davom ettirishni hal qilmadi.

Xolandning masalasi hal bo'lganidan keyin "Manchester Siti" yangi yarim himoyachi transferiga e'tiborini qaratadi.

21 yoshli hujumchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano