"Man Siti" Xarri Keynga qiziqish bildirishda davom etmoqda

Narzulla Saydullayev
25 dek 2021, 22:57
Hujumchi Pep Gvardiolaning jamoasi uchun har tomonlama mos tushadi.

"The Athletic" nashrining yozishicha, "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola hali ham "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynga qiziqishda davom etmoqda. 

Murabbiyning fikricha, Keyn jamoa uchun ideal o'yinchi bo'ladi. Xarri sof "to'qqizlik" hujumchi yoki "yolg'on to'qqizlik" rolida mukammal o'yin ko'rsatishi mumkin. Muammo faqat "Tottenxem" futbolchi qo'yib yuborishida bo'lib turibdi. 

"Manchester Siti"ning futbolchi bilan ushbu qishda shartnoma imzolashi ehtimoldan yiroq. Ushbu masala bo'yicha muzokaralar kelasi yozda boshlanadi. 

Ma'lumot uchun, Xarri Keyn ushbu mavsum "Tottenxem" safida 22 o'yinda qatnashib 9 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: The Athletic