"Man Siti" Sherkiga alternativ topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
4 iyun 2025, 21:58
"Manchester Siti" Rayan Sherkining transferi barbod bo'lishiga ham tayyor turibdi.

Oldinroq "shaharliklar" "Lion"ning 21 yoshli futbolchisi bilan kelishib olgani va klubga rasmiy taklif bilan chiqishga tayyorligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

"L’Équipe" ma'lumotiga ko'ra, Sherki hali hamon yakuniy javobni aytmagan. Shu sababli klub har ehtimolga qarshi alternativ sifatida "Leyptsig" yarim himoyachisi Xavi Simonsni ko'rmoqda.

Futbolchining o'zi ham evrokuboklarga ilina olmagan sababli jamoadan ketishni niyat qilib yuribdi.

O'tgan mavsumda Simons Bundesliganing 25 o'yinida 10 ta gol va 7 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Équipe