"Man Siti" Sane bilan hamkorlikni davom ettirish umidini yo'qotmagan

Alisher
25 iyun 2020, 12:24
"Shaharliklar" jamoa vingeri Leroy Sane bilan yangi shartnoma imzolashmoqchi.

2021 yilning yozida germaniyalik futbolchining "Siti" bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etadi, shundan so'ng u erkin agent maqomida klubni tark etishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, "Siti" Saneni yozgi transferlar oynasida o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'layotgan "Bavariya"ga qo'yib yubormoqchi emas.

Myunxenliklar Sane uchun 40 million evrodan ko'p to'lamoqchi emaslar, "Manchester Siti" esa transfyerdan 70 million ishlab olmoqchi.

"Shaharliklar" undan ko'ra, hozir futbolchini "Bavariya"ga sotmasdan, bir yildan keyin tekinga qo'yib yuborishni afzal ko'rishadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph