

The Telegraph manbasiga ko'ra, futbolchining tiklanishi uchun kutilganidek ko'p vaqt talab etilmaydi.
Belgiyalikning jarohatlangan oyog'ida shish bor va u 21 aprel kuni o'tadigan “Aston Villa”ga qarshi o'yinda qatnasholmasligi kutilmoqda.
De Bryuynening “Tottenxem”ga qarshi Angliya Liga Kubogi finalida ishtirok etish yo etmasligi esa yaqin kunlarda ma'lum bo'ladi. Hal qiluvchi uchrashuv 25 aprelga belgilangan.
Kevin de Bryuyne joriy mavsum APLda 24 o'yinda maydonga tushib, 5+11 natijaga erishdi.



