Man Siti Aleksis Sanches uchun 60 mln funt taklif qilmoqchi

Narzulla Saydullayev
15 avg 2017, 08:33
Manchester Siti Arsenal hujumchisi Aleksis Sanchesga taklif tayyorlamoqda.

"Shaharliklar" Chili terma jamoasi a'zosi uchun 60 million funt to'lashga tayyorlar. Manchester Siti futbolchiga haftasiga 400 ming funt maosh bermoqchi.

Oldinroq Sanchesga PSJ qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqandi. Unig Arsenal bilan shartnomasi 2018 yil yozida tugaydi. Hujumchi London klubi bilan kelishuvni uzaytirmoqchi emas.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk