Mamur Otaqulov: "G'ijduvon" futbolchilari sun'iy maydonga ko'nikishmagan"

Narzulla Saydullayev
20 may 2016, 08:19
O'zbekiston birinchiligi 10-turidan o'rin olgan “UzDongJu”- “G'ijduvon”4:0 bahsidan so'ng “G'ijduvon” jamoasining boshlig'i Mamur Otaqulovning fikrlari bilan qiziqdik:
"O'yin juda yaxshi shiddatli kurashlarga boy tarzda o'tdi. Shogirdlarimiz sun'iy maydonga ko'nikishmagan, shuning uchun ularda charchoq alomatlari sezildi. Chunki uzoq yo'lni bosib keldik. Shunday bo'lsada o'yindan qoniqdim. Hakamlar ham o'yinni yaxshi boshqarishdi, raqib jamoani g'alaba bilan tabriklayman", - deya so'zini yakunladi Otaqulov.

"UzDongJu" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia