"Malorka" "Barselona"dan yarim himoyachi sotib oldi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2025, 17:23
Yarim himoyachi Pablo Torre "Malorka" futbolchisiga aylandi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan. 

Insayderlarga ko'ra, uning sobiq jamoasi futbolchiga bo'lgan 50% huquq uchun 5 million evro oladi. Shartnoma qolgan 50% ni 25 million evroga sotib olish imkoniyatini ichiga oladi.

Torre o'tgan mavsum "Barselona" safida 14 o'yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: rcdmallorca.es