Malkom faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2019, 14:37
"Barselona" yarim himoyachisi Malkom Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Arsenal" 21 yoshli braziliyalik futbolchini ijaraga olmoqchi. London klubi "Barselona"ga rasmiy taklif yuborishdi.

Oldinroq, "Barselona" Malkom transferi borasida "Tottenxem" bilan muzokara o'tkazayotgani, ammo "shporlar" yarim himoyachi uchun 44 mln. evro to'lashdan bosh tortgani e'lon qilingandi. Malkomga Xitoyning "Guanjou Evergrand" klubi ham qiziqmoqda. Xitoyliklar futbolchi uchun 50 mln. evro to'lashga tayyor.

Malkom joriy mavsum LaLiganing 6ta uchrashuvida maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun