Malkom "Barselona" tarixida hozircha beshinchi

Eldor Akmurzayev
3 avg 2019
Xabaringiz bor, bugun Barselona a'zosi Malkom Zenit jamoasiga o'tdi.

Kataloniyaliklar rasmiy  saytining xabariga ko'ra klub futbolchining transferidan 40 mln. evro ishlagan.

Shu tariqa, 22 yoshli braziliyalik vinger kataloniyaliklar tarixida sotib yuborilgan futbolchilar orasida beshinchi o'rindan joy oldi. Undan yuqoriroqda esa Aleksis Sanches (Arsenalga, 42,5 mln. evro evaziga transfer qilingan), Paulino (Guanchjou Evergrand, 50 mln.), Luish Figu (Real, 60 mln.) va Neymar (PSJ, 222 mln.) turibdi. 

Biroq, kelishuvga ko'ra, peterburgliklar yana bonus sifatida Barsaga 5 mln. evro taqdim etishi ko'zda tutilgan. Agar bu amalga oshsa, u holda Malkom transfer qiymati bo'yicha Sanchesdan o'tib ketadi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia