Maldini: "Tovenning o'tishi har tomonlama foydali"

Mirjalol Normatov
28 noya 2020, 00:33
"Milan" texnik direktori Paolo Maldini klub "Marsel" futbolchisi Florian Tovenning xizmatlariga qiziqish bildirayotganini tasdiqladi.

"Tovenning shartnomasi yozda yakunlanadi. Uning transferi har tomonlama foydali, shu jumladan, moliyaviy tarafdan ham. U yuqori darajali futbolchi. Tovenning yoshini inobatga olsak, so'nggi yillarda biz yosh bo'lsa-da, tajribali futbolchilarga e'tibor berayotganimizni bilsangiz bo'ladi", - dedi Maldini.

Ushbu mavsumda 27 yoshli francuz "Marsel" tarkibida 13 o'yinda 3 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Telefoot