Malayziyadagi o'zbek derbisida Lutfulla To'raev "Terengganu"ga g'alaba keltirdi

Narzulla Saydullayev
25 fev 2017, 11:43
Malayziya Premer-ligasida 6-turidan o'rin olgan "Terengganu" - "Kuala Lumpur" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Mezbonlar safida Lutfulla To'raev, mehmonlar tarkibida Boburjon Akbarov maydonga tushishdi. To'raev bahsning 52-daqiqasida gol urib o'z jamoasiga g'alaba keltirdi - 2:1.

"Terengganu" 6 o'yindan so'ng 12 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. "Kuala Lumpur" 8 ochko bilan 7-pog'onadan o'rin olgan.

Malayziya. Premer-liga
"Terengganu" - "Kuala Lumpur" 2:1
Gollar:
Falkone 4, Lutfulla To'raev 52 - Nazmi 36


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia