Maktomini Shotlandiya termasi ixtiyorini tark etdi

Mirjalol Normatov
12 noya 2021
Shotlandiya termasi xavbeki Skott Maktomini kasal bo'lib qoldi.

"TalkSport" xabariga ko'ra, 24 yoshli yarim himoyachida tomoq og'rig'i kuzatilgan. Shu boisdan u terma ixtiyorini tark etishga majbur bo'lgan.

Maktomini aynan ushbu sabab bilan ayni damda Moldovaga qarshi o'ynamayapti. Shuningdek, u Daniya (15 noyabr) bilan o'yinni ham o'tkazib yuboradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal