Maksim Shackix: "Qo'lda validol ushlab tomosha qiladigan o'yin bo'ldi"

Оқил Абдубарноев
7 may 2024
Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" (4:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shackix o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Uchrashuv oson o'tmaganini ko'rdingiz. Murabbiylar qo'lda validol ushlab ko'radigan o'yin bo'ldi. Ketma-ket ikkita gol kiritdik va gol ham o'tkazib yubordik. "Metallurg" butun o'yin davomida hisobda taqib qilib keldi. 

Uchrashuvda jami 7 ta gol kiritildi, yana bekor qilingan ikki gol ham bor. Individual xatoliklar ko'zga tashlanayapti. Muhimi g'alabani qo'lga kiritdik. Og'ir o'tgan o'yin bizga chempionat uchrashuvlariga qayta tiklanib olishimizga xizmat qildi", - dedi "Paxtakor" ustozi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia