Coca Cola Superliga 2-turi doirasida "Neftchi"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shackix ishtirok etdi.
- Ko'p gapirishni istamayman. "Neftchi"ni haqli g'alaba bilan tabriklayman. Afsuski Farg'onada yutqazdik. Muxlislar bugun jamoasini ajoyib tarzda qo'llab-quvvatladi. Oldinga harakatlanishimiz va yaxshi natijalar qayd etishimiz kerak, - dedi Shackix.