“Yig'inning ilk kunlaridan jamoa bilan birgaman. “Goverla” mashg'ulotlari Ujgorodning o'zida tashkil etilyapti. Ammo, hali birorta ham nazorat o'yini, xatto ikki tarkibga bo'linib ham o'ynamadik. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkazilyapti. Odatdagidek shug'ullanyapmiz. Bilishimcha, yaqin kunlarda 3-4 ta o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazamiz.
Jamoaning futbolchilardan qarzi bormi? Yo'q deya olmayman. Klub rahbariyati tez kunda barcha bilan hisob-kitob qilinishiga vada berdi. Endi Ukrainadagi vaziyat barchaga ayonku. Biz futbolchilar ham buni juda yaxshi tushunib turibmiz va o'z vazifamizga professional tarzda yondashyapmiz.
Shaxsan o'zimga kelsak, ayni paytda juda yaxshi his qilyapman. Hali butsani mixga ilish haqida o'ylaganim ham yo'q. Har holda murabbiy harakatlarimdan, o'yinga bo'lgan ishtiyoqimdan qoniqish hosil qilmoqda”, - dedi Shackix.