Maks Kruze "bo'rilar"dan ketmoqchi

19 iyun 2016, 01:35
"Volfsburg" hujumchisi Maks Kruze klubdan uni qo'yib yuborishlarini so'ramoqda.


"Maks bizga murojaat qilib, unga yangi jamoa topishimni so'rab iltimos qildi. Kruze faoliyatini boshqa joyda davom ettirmoqchi. Lekin biz uni tekinga qo'yib yubormoqchi emasmiz", - deydi "Volfsburg" sport direktori Klaus Allofs.

Eslatib o'tamiz, Maks Kruze o'tgan yili "Borussiya M"dan "Volfsburg"ga 12 million evro evaziga o'tgandi. Kruzening "bo'rilar" bilan tuzgan shartnomasi 2019 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Kicker