Maklaren "Manchester Yunayted"ga qaytadi

Оқил Абдубарноев
23 may 2022, 20:11
"Manchester Yunayted"da Erik ten Xagning murabbiylar shtabi tuzildi.

Stiv Maklaren va Mitchell van der Gag yordamchi murabbiy etib tayinlandi.

Maklaren 1999-2001 yillarda "Manchester Yunayted"da Aleks Fergyusonning yordamchisi bo'lgan. Keyinchalik “Midlsbro”, “Derbi Kaunti” va boshqa klublarni boshqargan. 2008/09 yilgi mavsumda Maklaren boshchiligidagi "Tvente" Niderlandiya chempionligini qo'lga kiritdi. 

Van der Gag "Ayaks"da ten Xag shtabida faoliyat olib borgan, ular birgalikda "Manchester Yunayted"ga kelishdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: manutd.com