Makgregor "Liverpul"ni sotib olishi mumkin

Sherzod Nurmatov
9 noya 2022, 16:53
Aralash yakkakurashlar yulduzi, UFC promoushenida ishtirok etuvchi Konor Makgregor Angliyaning "Liverpul" futbol klubini sotib olishga tayyorligini ma'lum qildi.

Bu haqda irlandiyalik sportchi ijtimoiy tarmoqlarida yozgan.

"Men bu klubni sotib olishni istardim. "Liverpul" sotuvga qo'yilganini eshitishim bilanoq bu haqda ma'lumot so'radim. Bu qanday burilish!", – deb yozdi Makgregor ijtimoiy tarmoqlarda.

Avvalroq dubaylik investorlar "Liverpul" top-klubini sotib olmoqchi ekani xabar qilingandi. Ehtimoliy bitim summasi 4,9 milliard evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com