Makelele Kongo DR termasini boshqarishi mumkin

Alisher
25 iyul 2019
"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Afrikada ish boshlashga yaqin.

Kongo Demokratik Respublikasi Prezidenti Feliks Chisekedi milliy terma jamoa bosh murabbiyligida Fransiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Klod Makeleleni ko'rmoqchi.

Francuz iyunda "Eypen" bosh murabbiyligidan ketgan edi. U 2017 yil noyabrdan beri jamoaga bosh murabbiylik qilayotgan edi.

Jamoa uning qo'l ostida 70ta o'yin o'tkazib, 21ta g'alaba va 11ta durang qayd etgan.

Qayd etish kerakki, Makelele hozir ham "Eypen" bilan birga va klubda ijtimoiy loyihalar bo'yicha elchi lavozimida ishlamoqda.


AlisherMuallif
Manba: RMC