Maykl Ouen: "Runi "Yunayted"ni tark etmasligi kerak

10 iyul 2013, 16:01
Angliya terma jamaosi sobiq hujumchisi Maykl Ouen fikricha 2009 - 2012 yillarda birga "MYU" safida to'p surgan sherigi Ueyn Runi jamoani tark etmasligi lozim va Ueyn "MYU" bilan hali ko'p yutuqlarga erishadi, deb hisoblaydi.
"Ueyn boshqa klubga, hatto boshqa mamlakatga ketishi mumkin. Ammo men unga bunday qilmasligini maslahat bergan bo'lardi. U "Manchester Yunayted"da qolishi kerak".

"O'z vaqtida men faoliyatimning eng cho'qqisida "Liverpul"dan "Real"ga o'tgandim. Runi bu ishni takrorlashini istamasdim. Hozirgi holatda Runi qilishi mumkin bo'lgan eng maqbul ish - "MYU"da qolib, Devid Moyesga  nimalarga qodir ekanini isbot qilish bo'ladi",- deydi Maykl Manchester Evening News nashriga bergan interyusida .

Manba: sports.ru