

Kun tartibidan O'zbekiston Professional futbol ligasi rahbariyatidagi o'zgarishlar masalasi o'rin oldi. Shu vaqtga qadar O'zPFL Bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Farhod Magometov o'z vazifasidan ozod etildi. Uning o'rniga Omon G'ofurov O'zPFL yangi Bosh direktori etib tayinlandi.
Ma'lumot uchun: G'ofurov Omon Fayzullaevich 1984 yil, 14 avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati - o'zbek. Ma'lumoti - oliy. O'zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida sport tashkilotlari, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida turli lavozimlarda ishlagan. Rus, ispan va ingliz tillarida so'zlasha oladi.




