

"Men Deklan Rays, Maylz, Bukayo Saka bilan suhbatlashdim va ularning barchasi klub va uning muhiti, bu er qanchalik iliq va chinakam oilaviy ekanligi haqida fikr bildirishdi. Maqsadimiz? Biz ishtirok etayotgan barcha turnirlarda g'olib bo'lish... Bunga qodirligimizni his qilyapman", - deya Maduekening so'zlarini keltirdi klub rasmiy sayti.
Madueke 2023 yilning yanvaridan buyon "Chelsi"da o'ynab kelayotgandi. Vinger "ko'klar" safida 92 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



