Madridda bir soat ichida Rodriges familiyasi tushirilgan 900ta futbolka sotildi

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2014, 17:48
Bugun Madriddagi “Real”ning rasmiy do'konida “Qirollik klubi”ning yangi futbolchisi Xames Rodrigesning nomi tushirilgan futbolkalar sotuvga chiqdi.
Do'kon ochilishining ilk soatidayoq kolumbiyalik futbolchining familiyasi ostida 900ta futbolka sotildi.

Eslatib o'tamiz, Rodrigesning rasmiy tanishtiruv marosimi “Santyago Bernabeu” stadionida bo'lib o'tdi.  Norasmiy malumotlarga qaraganda, “Real” “Monako”ga futbolchi uchun 80 million evro to'lagan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com