Madrid klubi o'z yarim himoyachisini sotadi

Aslanov Jasurbek
27 dek 2017
"Atletiko" yarim himoyachisi Yannik Ferreyra-Karrasko qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.

Madridliklar ustozi Diego Simeone belgiyalikni sotish uchun ruxsat bergan.

"Atletiko" ayni damda ijara asosida "Las-Palmas" sharafini himoya qilayotgan Vitoloni ikkinchi davrada qaytarishi mumkin. Ispaniyalik belgiyalikning o'rnini egallaydi.

24 yoshli Yannik Ferreyra-Karraskoga "Bavariya" va bir qancha ingliz klublari qiziqish bildirmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario AS