Maccarri katta klublarda ishlamoqchi

Aziz Tukhtamuradov
4 noya 2017
Napoli sobiq bosh murabbiyi Valter Maccarrining agenti aytishicha, murabbiy kattaroq maqsadga ega klubda ishlashni istamoqda.

"Valter xotirjam va o'ziga kelib tushayotgan takliflarni diqqat bilan o'rganib chiqmoqda. Xech qaerga shoshilayotgani yo'q. Maccarri uchun klubning maqsadlari jiddiy ekanligi muhim. Xech qanday geografik ahamiyat yo'q. Aniqroq aytadigan bo'lsak, u sovrinlar uchun kurashadigan jamoa murabbiyi bo'lmoqchi", - deydi u.

Avvalroq, Valter Maccarri "Milan"ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football-italia.net